«viktor orban» tegli maqolalar


Shavkat Mirziyoyev Vengriya bosh vaziri bilan uchrashdi
20 avgust 2023, 09:59

Shavkat Mirziyoyev Vengriya bosh vaziri bilan uchrashdi

Budapeshtga amaliy tashrif bilan borgan prezident Shavkat Mirziyoyev Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashdi.

Shavkat Mirziyoyev va Viktor Orban Turkiyada uchrashdi
16 mart 2023, 16:08

Shavkat Mirziyoyev va Viktor Orban Turkiyada uchrashdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Vengriya bosh vaziri Viktor Orban to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish hamda ikki davlat korxonalari o‘rtasida hamkorlik qilish uchun ishlab chiqarish maydonini tashkil etish masalalarini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev va Viktor Orban Samarqandda muzokara o‘tkazdi
10 noyabr 2022, 15:25

Shavkat Mirziyoyev va Viktor Orban Samarqandda muzokara o‘tkazdi

Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti doirasida O‘zbekiston va Vengriya yetakchilari uchrashuv o‘tkazdi. Shavkat Mirziyoyev va Viktor Orban muzokara sanoat, kimyo tarmog‘i, farmatsevtika, bank-moliya, transport va logistika sohalaridagi investitsiya loyihalari yuzasidan fikr almashdi.

O‘zbekiston Vengriyada diplomatik vakolatxona ochadi
5 oktabr 2022, 08:39

O‘zbekiston Vengriyada diplomatik vakolatxona ochadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev va bosh vazir Viktor Orban O‘zbekiston hamda Vengriya o‘rtasida strategik sheriklikni rivojlantirish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonotni imzoladi. Shuningdek, mamlakatlar vazirlari va idoralari rahbarlari 15 ta hujjatga imzo chekishdi. Budapeshtda O‘zbekiston elchixonasi ochiladi.

Shavkat Mirziyoyev va Viktor Orban telefon orqali muloqot qildi
14 aprel 2022, 16:20

Shavkat Mirziyoyev va Viktor Orban telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston prezidenti telefon orqali muloqotda Vengriya hukumati rahbarini «FIDES» — Xristian-demokratik xalq partiyasi koalitsiyasi ushbu mamlakat parlamentiga bo‘lib o‘tgan saylovda g‘alaba qozongani bilan tabrikladi.

Aleksandr Vuchich ikkinchi muddatga Serbiya prezidenti etib saylandi
4 aprel 2022, 13:08

Aleksandr Vuchich ikkinchi muddatga Serbiya prezidenti etib saylandi

Aleksandr Vuchich Serbiya prezidentligi saylovida g‘alaba qozonganini e’lon qildi. U saylovchilarning kamida 60 foizlik ovozini to‘pladi. Shuningdek, Vengriyada ham parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Unda amaldagi bosh vazir Viktor Orban boshchiligidagi koalitsiya g‘olib bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiy kengash doirasida Alisher Navoiy xalqaro mukofotini ta’sis qilishni taklif etdi
31 mart 2021, 21:38

Shavkat Mirziyoyev Turkiy kengash doirasida Alisher Navoiy xalqaro mukofotini ta’sis qilishni taklif etdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiy kengashning norasmiy sammitida qatnashib, bir qancha takliflarni ilgari surdi. Kengashning yaqin va o‘rta istiqboldagi iqtisodiy hamkorlik strategiyasini ishlab chiqish, Investitsiya jamg‘armasi va Taraqqiyot bankini tashkil etish, «Tabarruk ziyorat» loyihasini amalga oshirish, qolaversa, Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofotni ta’sis qilish shular jumlasidan.

O‘zbekiston 2024 yilga kelib, urug‘lik kartoshka bo‘yicha import o‘rnini to‘liq qoplamoqchi
31 mart 2021, 02:53

O‘zbekiston 2024 yilga kelib, urug‘lik kartoshka bo‘yicha import o‘rnini to‘liq qoplamoqchi

O‘zbekiston O‘zbekiston-Vengriya Kartoshkachilik ilmiy markazi yordamida 50 dan ortiq navlarni mahalliylashtirish va kartoshkachilik genofondini yaxshilash orqali 2024 yilga kelib, urug‘lik kartoshka bo‘yicha import o‘rnini to‘liq qoplashni maqsad qilgan. Prezident Shavkat Mirziyoyev va Vengriya bosh vaziri Viktor Orban mazkur markazga tashrif buyurdi.

Vengriyaning OTP banki “Ipoteka-bank”ni xususiylashtirishda ishtirok etadi — prezident
31 mart 2021, 02:26

Vengriyaning OTP banki “Ipoteka-bank”ni xususiylashtirishda ishtirok etadi — prezident

Vengriyaning yirik banklaridan biri O‘zbekiston bankini xususiylashtirish jarayonida qatnashadi. “OTP banki O‘zbekistonning “Ipoteka bank”ining davlat ulushini xususiylashtirishda ishtirok etishini boshlaganini qizg‘in qutlaymiz”, — dedi Shavkat Mirziyoyev, Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanga murojaat qila turib.

O‘zbekiston va Vengriya ikki tomonlama munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga ko‘tarishga tayyor
30 mart 2021, 12:13

O‘zbekiston va Vengriya ikki tomonlama munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga ko‘tarishga tayyor

O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Vengriya bosh vaziri Viktor Orban prezident Shavkat Mirziyoyev bilan muloqot o‘tkazdi. Tomonlar o‘zaro munosabatlarini strategik sheriklik darajasiga ko‘tarishga tayyor ekanligini tasdiqladi.

Shavkat Mirziyoyev shu hafta ikkita xalqaro tadbirda ishtirok etadi
30 mart 2021, 01:32

Shavkat Mirziyoyev shu hafta ikkita xalqaro tadbirda ishtirok etadi

Martning so‘nggi kunlarida Vengriya bosh vaziri Viktor Orban rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Oliy maqomdagi uchrashuvlar chog‘ida iqtisodiyot, energetika, ta’lim va kadrlar tayyorlash, madaniyat, hududlararo hamkorlik, bandlik va mehnat munosabatlari sohalarida 10 dan ortiq kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda. Qolaversa, prezident Shavkat Mirziyoyev 31 mart kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining (Turkiy kengash) videoanjuman shaklida o‘tadigan norasmiy sammitida qatnashadi.

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban O‘zbekistonga keldi
29 mart 2021, 18:27

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban O‘zbekistonga keldi

Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanni aeroportda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi. Oliy martabali mehmon Mustaqillik maydoniga tashrif buyurda hamda Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi. Shundan keyin Vengriya delegatsiyasi o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga yo‘l oldi.

Vengriya bosh vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi
27 mart 2021, 09:31

Vengriya bosh vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban 30 mart kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Tashrif davomida mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va koronaivrus pandemiyasining oqibatlariga qarshi global kurash masalalari muhokama qilinadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting